dcsimg

Navroʻzgul ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Navroʻzgul (Primula) — navroʻzguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Yer yuzida 500 dan ortiq, Oʻzbekistonda 10 turi uchraydi. Dorivor N.ning boʻyi 15—30 sm. Ildiz oldi barglari tuxumsimon, cheti toʻmtoq arrasimon, bandli, qanotchali. Toʻpguli soyabonsimon. Guli yirik, sariq. Mevasi — koʻp urugʻli, koʻngʻir, koʻsakcha. Bargi tarkibida S vitamini, karotin, saponin va boshqa birikmalar bor. Ildizi va ildizpoyasining qaynatmasi bronxit kasalligida balgʻam koʻchiruvchi dori sifatida, bargining damlamasi avitaminozda qoʻllanadi. N.ning Oʻzbekistondagi turlari manzaralidir.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Navroʻzgul: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Navroʻzgul (Primula) — navroʻzguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Yer yuzida 500 dan ortiq, Oʻzbekistonda 10 turi uchraydi. Dorivor N.ning boʻyi 15—30 sm. Ildiz oldi barglari tuxumsimon, cheti toʻmtoq arrasimon, bandli, qanotchali. Toʻpguli soyabonsimon. Guli yirik, sariq. Mevasi — koʻp urugʻli, koʻngʻir, koʻsakcha. Bargi tarkibida S vitamini, karotin, saponin va boshqa birikmalar bor. Ildizi va ildizpoyasining qaynatmasi bronxit kasalligida balgʻam koʻchiruvchi dori sifatida, bargining damlamasi avitaminozda qoʻllanadi. N.ning Oʻzbekistondagi turlari manzaralidir.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari