dcsimg

Sebarga ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Sebarga (Trifolium) — dukkakdoshlarga mansub bir, ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, yemxashak ekini. 200 ga yakin turi Shim. yarim sharning moʻʼtadil, shuningdek, subtropik mintaqalarida, qisman Janubiy Amerika va Afrikada uchraydi. Kizil (T. pratense L.), pushti S. (T. hybridum), oq S. (T. repens), misr S.si (T. alexandrinun L.), eron S.si (T. resupinatum L.) turlari dehqonchilikda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda, asosan, qizil S, misr S. si (bersim) va ekiladi. Kizil yoki oʻtloq S.si ikki yillik oʻtsimon oʻsimlik. Ildizi oʻq ildiz, 30 — 40 sm chuqurlikda joylashadi, ayrimlari 1 m gacha boradi; ildizida 1–3 mm li tuganaklar hosil boʻladi. Poyasi tik usadi, shoxlanadi. Bargi 3 boʻlakli, chetlari tekis, bandining uz. 12—20 sm. Guli mayda, kizil, oq, binafsha. Gultoʻplami dumaloq, baʼzida shingilsimon. Bir toʻplamda 100—135 gul mavjud. Mevasi 3—6 urugʻli dukkak, rangi sariq, qoʻngʻir. Urugʻi sariq, binafsha; mayda, 1000 ta urugʻi vazni 1,2—2 g . Urugʻi 1— 2° haroratda unib chiqadi. 15—29° da yaxshi oʻsib rivojlanadi. Moʻʼtadil nam iqlimga moslashgan. Ekilganidan keyin 6—7 kunda unib chikddi. Maysasi 65—80 kunda gullaydi, 110—120 kundan keyin urugʻi pishadi. Kizil Sdan yuqori toʻyimli koʻkat, pichan, silos, vitaminli oʻt uni tayyorlanadi. 100 kg koʻkatida 20 ozuqa birligi, 2,7 kg oqsil, 380 g kalsiy, 70 g fosfor, 400 mg karotin; 100 kg pichanida esa 52,2 ozuqa birligi, 7,9 kg oqsil, 1200 g kalsiy, 340 g fosfor, 2500 mg karotin mavjud. S. tuproqni azot bilan boyitadi. 1 ga da 100–200 kg hisobida sof azot toʻplaydi. Bir dalada S. 2—3 yil davomida oʻstiriladi. Har oʻrimda 1—3 marta sugʻoriladi. Toʻyimli pichan, koʻkat olish uchun gullagan davri boshlanishi bilan oʻrib olinadi. Oʻzbekistonda qizil S.ning Oʻzbekiston sholichilik i.t. intida UzRos (1954) va Oʻzbekiston 3 (1981) navlari chiqarilgan va barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan.

Kasalliklari: antraknoz, rak, fuzarioz, askoxitoz, zang .

Zararkunandalari: uzuntumshuq, shilimshiq.

Ad.h Otaboyeva H. va boshqa, Oʻsimlikshunoslik, T., 2000.

Halima Otaboyeva.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Sebarga: Brief Summary ( Uzbek )

Halima Otaboyeva.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari