dcsimg

Barg urovchilar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Barg urovchilar (Tortricidae) - mayda yoki o‘rtacha kattalikdagi kapalaklar oilasi. Qalin tukli tangachalar bilan qoplangan qanotlari yozilganda 8 — 30 mm bo‘ladi. Oldingi qanotlari ensiz, cho‘ziq. Tabiiy holatda qanotlari taxlanib turadi. Tuxumlari yassi, dumaloq yoki cho‘ziq, yaltiroq po‘stli. Kapalaklari tuxumlarini barg ustiga, meva yoki novda po‘stloqlariga va daraxt tanasiga bir donadan yoki to‘p-to‘p qilib qo‘yadi. Qurtlari chuvalchangsimon, 3 juft ko‘krak va 5 juft qorin oyoqlari bor. B. o‘. hayot kechirish xususiyatlariga ko‘ra tuxum davrida qishlovchi, 2 — 3 yoshdagi qurtlik davrida qishlovchi, katta yoshdagi qurtlik holida qishlovchi turlarga bo‘linadi. B. o‘. qurtlari oziqlanish tipi va yashash joylariga binoan 3 trofik guruhga: po‘stloq ostida yashab, yog‘ochli qismini zararlovchi ksilofitlar; barglar bilan oziqlanib, meva sirtiga zarar yetkazuvchi fillofitlar; meva ichida hayot kechiruvchi kaprofitlar (mevaxo‘rlar)ga bo‘linadi. B. o‘. o‘simliklarning kurtagi, shonasi, toj-barglari, yosh novdalari va mevalariga zarar yetkazib, mevali daraxtlar hosilini 80% gacha kamaytirishi mumkin. Turli mamlakatlarda B. o‘.ning 5000 turi ma’lum, O‘zbekistonda 20 turi aniqlangan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Barg urovchilar: Brief Summary ( Uzbek )