dcsimg

Zuluk ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Zuluk xalqali chuvalchanglar (annelida) tipining Hirudinea ostsinfiga oid turdir. Zuluklar chuchuk suv, yer va dengizda yashashadi. Yomgʻir chuvalchanglari kabi germafroditdirlar. Hirudo medicinalis zotli zuluklar tibbiyotda klinik qon tozalash uchun ishlatiladi.

Barcha zuluklar yirtqichdirlar. Biroq zuluklar oʻz navbatida boshqa hayvonlarga - yirik hasharotlar (qoʻngʻizlar) va qisqichbaqalarga yem boʻlishadi.

Zuluk tanasi 34 segmentdan iborat; tishlari 270 ta. Taom topish uchun karbonat angidrid gaziga moʻljal olishadi (shuning uchun ularni nafas olish organlariga yaqinlashtirmaslik kerak). Tanadan qon soʻrib boʻlgach, uni hazm qilish uchun uyquga ketishadi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari